Admissions / Tadqiqot

Markaz

Tadqiqot /

Markaz

Ilmiy tadqiqot va texnologiyalar transferi markazining maqsadi ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba konstruktorlik ishlanmalarini tashkilga ko‘maklashish, hamda ularni moliyalashtirishga yordamlashish.



ITTTMning asosiy vazifalari:

ilmiy-tadqiqot loyihalarni sonini oshirish, yosh olimlarning ilmiy tadqiqot loyihalaridagi ishtirokini kengaytirish va ilmiy faoliyat natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq etish masalalari;

davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan fundamental, amaliy, innovatsion va startap loyihalarni yuritish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy hujjatlarni, jumladan, safar bilan bog‘liq, kadrlarni loyihalarga, vaqtinchalik ijodiy guruhlarga taklif etilgan xodimlarni ishga olish va bo‘shatish hujjatlarini rasmiylashtirish, loyihalar smetalarini amaldagi tartiblar bo‘yicha tuzish va mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlanishini nazorat qilish, loyihalar bo‘yicha hisobotlar monitoringini yuritish va yuqori tashkilotlarga hisobot tayyorlab berish;

loyihalar bo‘yicha Vazirliklar oldida hisobotini uyushtirish, Vazirliklar tomonidan e’lon qilinadigan tanlovlarni professor-o‘qituvchilar e’tiboriga yetkazish, tashabbuskor loyihalarni saralash;

respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkillashtirish va Universitet Ilmiy texnik kengashiga olib chiqish kabi faoliyat bilan shug‘ullanib keladi;

universitetning ilmiy ishlari va ilmiy tadqiqot tashkilotlari tadqiqotlarining natijalarini tijoratlashtirish;

innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish, hududlar va tarmoqlar darajasida innovatsion rivojlanish va innovatsion faollik kompleks dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish, innovatsion faol tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash;

davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlarni taqsimlash va ulardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish;

ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy qilish sohasida xalqaro hamkorlik va investitsiyalar jalb etish;

universitet ilmiy-texnik hamda o‘quv-uslubiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish va ularni rivojlantirish;

fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental, amaliy, innovatsion, xorijiy, yosh olimlar va startap hamda xo‘jalik shartnoma asosida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarni bajarish;

ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilarini jalb etish.

ITTTM faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

bozorni tizimli ravishda tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ish, xizmat)larga bo‘lgan talabni o‘rganish, o‘zini qoplash muddatini, rentabellik va innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq xatarlarni baholash;

yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor bo‘lgan, o‘zlashtirish uchun istiqbolli loyihalarni tanlab olish;

innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, sheriklar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish;

yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

korxonalar va tashkilotlarnnng (mulkchilik shakllari qaysi davlatga tegishliligidan qatiy nazar) buyurtmalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini shakllantirish va shartnomaga asosan bajarish;

axborot, marketing va tijorat yordamidan foydalanilgan holda intellektual mulkni innovatsion komponentini, samarali tijoratlashtirishni va raqobatbardoshligini taʻminlash;

o‘z faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik xizmatlarini ko‘rsatish;

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Qonunchiligiga muvofiq, ITTTM oldiga qo‘yilgan vazifalarga zid bo‘lmagan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi maʻlum muddatlarda bajarilishi ko‘zlangan loyihalar hamda xo‘jalik shartnoma asosida olib boriladigan ilmiy loyihalar tanlovida ko‘maklashish;

loyihalarning bajarilishi monitoringini belgilovchi hujjatlarni tayyorlash olingan natijalarni tijoratlashtirishga yo‘naltirish.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 108

TATU (E blok)

Telefon: (0 371) 238 64 39