Admissions / Undergraduate

Application

Ta'lim /

Doktarantura

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi PF-4456-sonli Farmoniga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish tizimini yanada takomillashtirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ustuvor vazifalarini va mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlarni, ilg'or jahon tajribasi va ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o'tkazishning xalqaro standartlarini hisobga olgan holda oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarining sifatini, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish, yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishiga sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi o'rinlarda - OAK), Fanlar akademiyasi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, tasarrufida oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari mavjud bo'lgan boshqa vazirlik va idoralarning 2013 yilning 1 yanvaridan boshlab:

  • umum qabul qilingan xalqaro talablar va standartlarga muvofiq dissertatsiya himoya qilish va fan doktori ilmiy darajasini berish bo'yicha oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning bir bosqichli tizimini joriy qilish;
  • stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutini bekor qilish, unda ta'lim olayotgan shaxslarni oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimining yangi talablariga muvofiq, ularni attestatsiyadan o'tkazish va dissertatsiya tadqiqotlari mavzularini tanqidiy qayta ko'rib chiqish asosida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga o'tkazish to'g'risidagi takliflari qabul qilingan.

Belgilangan:

  • fan doktori ilmiy darajasi "magistr” darajasi bilan oliy ma'lumotga ega bo'lgan, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida ilmiy izlanishlar natijalariga ko'ra doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan shaxslarga tegishli fan yo'nalishi bo'yicha fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan beriladi;
  • katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga "magistr” darajasi bo'lgan, ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat stajiga (2 yildan kam bo'lmagan), shuningdek, fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo'lgan, fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asos bo'lishi mumkin bo'lgan, ma'lum bir ilmiy natijalarni qo'lga kiritgan (ilmiy maqolalar nashr etish, ilmiy anjumanlar, seminarlar va davra suhbatlarida ishtirok etish va boshqalar) shaxslar qabul qilinadi;
  • o'rnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida rasmiylashtirilgan, "bakalavr” yoki "magistr” darajasi bilan oliy ma'lumotga, 3 yildan kam bo'lmagan amaliy ish stajiga ega bo'lgan, ilmiy izlanishlarga layoqati mavjud, belgilangan talablarga mos keladigan ma'lum bir ilmiy yutuqlarga (ixtiro uchun patentlar, ilmiy maqolalar, ilmiy-texnologik ishlanmalarda qatnashish va boshqalar) ega bo'lgan shaxslarga ham doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ruxsat beriladi.

Quyidagilar:

  • fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo'lgan barcha shaxslar uchun tegishli imtiyozlar va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq o'rnatilgan moliyaviy to'lovlar miqdori;
  • professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarini berish saqlab qolingan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2012 yil 28 dekabrdagi 365-sonli Qarorining 2-ilovasiga muvofiq  oliy o'quv yurtidan keyingi uy yilgacha davom etadigan o'qish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti;
  • mustaqil izlanuvchilik.

Foydali manbalar:

http://www.vak.uz

http://ftk.cc.uz

Last updated in 2022