Research / Research Support

Support for Academic Activities

Tadqiqot /

Davlat ilmiy tadqiqot dasturlari

Davlat ilmiy tadqiqot dasturlari

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida fundamental, amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 133-son va “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 27-avgustdagi 545-son qarorlarida belgilangan talablariga muvofiq bajariladi.

Ilmiy loyiha – bu ilmiy muammoni hal etish uchun maqsad va vazifalar, ijrochilar va bajarish muddatlari, manbalar va vositalarni ko‘rsatgan holda shakllantirilgan chora – tadbirlar majmuidir. Ilmiy loyihalar qo‘yilgan muammoning ilmiy yoki texnik yechimini topish yoki yangi texnologiyalarni olish va yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yishga qaratilishi mumkin.

Qo‘yilgan maqsad va vazifalardan, amalga oshirish shaklidan kelib chiqib, ilmiy loyihalar quyidagi turlarga bo‘linadi:

Fundamental loyihalar;

Amaliy loyihalar;

Innovatsion loyihalar;

Fundamental, amaliy va innovatsiyon loyihalar tanlov asosida, ayrim hollarda belgilangan tartibda tanlovdan tashqari moliyalashtiriladi.

Fundamental tadqiqotlar

tabiat, jamiyat va insonning tuzilishi, shakillanishi va rivojlanishiga oid asosiy qonuniyatlar haqidagi yangi bilimlar olish, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, shuningdek, muayyan faoliyat natijasida yaratilgan ob’yektlarni o‘rganishga ixtisoslashgan nazariy va (yoki) tajriba o‘tkazishga qaratilgan tadqiqotlardir. Fundamental tadqiqot loyihalarining bajarilish muddati besh yilgacha bo‘lishi mumkin.

Amaliy tadqiqotlar

amaliy maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarni hal etish uchun, asosan, yangi bilimlar va fundamental tadqiqotlar natijalarini qo‘llashga yo‘naltirilgan tadqiqotlardir. Amaliy loyihalarning bajarilish muddati uch yilgacha bo‘lishi mumkin.

Innovatsiyon loyihalar

amalga oshirish muddati, infratuzilmasi, ijrochilari, moliyalashtirish manbai va hajmiga ega innovatsiyani yaratish hamda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan tadqiqotlardir. Innovatsiya ishlarining bajarilish muddati ikki yilgacha bo‘lishi mumkin.

Fundamental, amaliy va innovatsiyon loyihalar tanloviga https://mininnovation.uz/contest manzil orqali tanishish va qatnashish imkoniga ega bo‘lasiz.

Tanlovga taqdim etiladigan loyihani amalga oshirish uchun soʻralayotgan umumiy moliyalashtirish hajmini (5-shakl) hisoblashda ushbu havolaga joylashtirilgan hisob-kitob shaklidan foydalanish tavsiya etiladi: http://grant.mininnovation.uz/site/example-docs