Research / Research Support

Support for Academic Activities

Tadqiqot /

Ilmiy kengash

Universitet Ilmiy kengashi TATU rektori huzuridagi va uning raisligidagi maslahat organi hisoblanadi. Ilmiy kengash faoliyati butun universitet hayotini ta’minlash va rivojlantirishning asosiy masalalarini hal etishga qaratilgan. Universitet faoliyati, ilmiy-tadqiqot, o‘quv va tarbiyaviy ishlarni olib borish, ilmiy unvonlar berish, professor-o‘qituvchilar tarkibining bo‘sh o‘rinlarini egallash bilan bog‘liq asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun tashkil etilgan.

Ilmiy kengashning asosiy vazifasi

Ilmiy-pedagogik xodimlar lavozimlariga nomzodlar uchun tanlovlar, shuningdek, kafedra mudirlari va fakultet dekanlari lavozimlariga saylovlar o‘tkazishdan iborat.

Kengash tarkibi

Rektor, prorektorlar, filial direktorlari, fakultet dekanlari, oliy ta’lim muassasasi tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar direktorlari, kafedra mudirlari, shuningdek, jamoat tashkilotlari rahbarlaridan tashkil etiladi.Kengash tarkibi universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Har о‘quv yilining boshida, turli sabablarga kо‘ra Kengash tarkibidan chiqarilganlar о‘rniga a’zolar saylanadi yoki Nizom bо‘yicha kiritiladi. Kengashning boshqa a’zolari fakultet kengashlarining yig‘ilishlarida yashirin yoki ochiq ovoz berish yо‘li bilan tanlab olinib, universitet Kengashida saylanadi.Professor-о‘qituvchilar tarkibidan Kengash tarkibiga Universitetda muayyan yо‘nalishlarida ishlayotgan yirik olimlar va mutaxassislar ham kiritilishi mumkin.

Ilmiy kengashda ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi oliy attestatsiya komissiyasining 224/8-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu havola orqali https://lex.uz/docs/-2971437 kengroq ma’lumot olish mumkin.